• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Brifing

Noyabr 9, 2022 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

☑️ Qurilish davomida fuqarolar mablag‘larini jalb qilayotgan qurilish tashkilotlari maxsus elektron platformadan ro‘yxatdan o‘tishi shart.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Elyor Komilov ma’lum qildi:

〰️〰️〰️
Uy sotib olayotgan fuqaro xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uyning Qurilish vazirligi elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini tekshirishi kerak. Buning uchun uy olmoqchi bo‘lgan fuqaro ushbu havola (https://mc.uz/ulushdor/) orqali qurilayotgan uyning ro‘yxatdan o‘tganligini aniqlashi lozim.

Ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, qurilish ishlariga fuqarolarning mablag‘larini jalb qilish mumkin emas, ro‘yxatdan o‘tmagan qurilish tashkilotlari o‘zi qurayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasini reklama qilishi ham mumkin emas.