• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Brifing

Noyabr 30, 2022 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

💻Obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari «Shaffof qurilish» tizimida inson omilisiz o‘tkaziladigan tender savdolari orqali aniqlanadi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lum qildi.

〰️〰️〰️
Endilikda «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimida o‘tkazilgan tender savdolari yakuni, shuningdek, buyurtmachi bilan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari o‘rtasidagi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat ishlarini bajarish to‘g‘risidagi shartnomalar mazkur tizimda elektron raqamli imzo orqali tuziladi.

Hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Aossiysi, «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.