“Koʻp xonadonli uy-joylarda issiqlik taʼminotini yaxshilash borasida qilinyotgan ishlar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahridagi “Toshkent issiqlik markazi” DUK balansida bo‘lgan 9 ta markaziy qozonxonaning joriy yil 15 – yanvardagi kunlik gaz iste’moli 4,5 mln metr kubni tashkil etib, 36,1 ming Gkal issiqlik energiyasi o‘rtacha 53°С haroratda yetkazib berilgan bo‘lsa, 18-yanvar holatiga ko‘ra kunlik gaz iste’moli 4,67 mln metr kubni tashkil etib, 37,5 ming Gkal issiqlik energiyasi o‘rtacha 59°С haroratda yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, “Veolia Energy Tashkent” MCHJ balansidagi 3 ta markaziy va 211 ta mahalliy qozonxonaning 15-yanvardagi kunlik gaz iste’moli 0,73 – 0,74 mln metr kubni tashkil etib, 5,0 ming Gkal issiqlik energiyasi o‘rtacha 58 °С haroratda yetkazib berilgan bo‘lsa, 18-yanvardagi kunlik gaz iste’moli 0,81 – 0,82 mln metr kubni tashkil etib, 5,1 ming Gkal issiqlik energiyasi o‘rtacha 59°С haroratda yetkazib berilmoqda.
❗️Tabiiy gaz iste’molini ortishi natijasida issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasining harorati 6-7°С ga oshirildi.
🟢 Qish mavsumida Toshkent shahri aholisini qiynayotgan muammolarni qabul qilish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida vazir o‘rinbosarlari boshchiligida tezkor ishchi guruhlar shakllantirildi. Shuningdek, vazirlikda aholi murojaatlarini qabul qilish, mas’ul ijrochilarga yetkazish va bajarilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha 24 soatlik dispetcherlik shtabi tashkil etildi.
Issiqlik, ichimlik, oqova suv, elektr va gaz ta’minoti tizimlarida yuzaga kelgan talofatlarni bartaraf etish maqsadida 320 nafar ishchidan iborat 9 ta tezkor avariya ta’mirlash-tiklash guruhlari yo‘lga qo‘yildi. Ishlarni samarali tashkil etish maqsadida jami 59 ta maxsus texnika jalb qilingan.
Ishchi guruhlar tomonidan 611 ta ko‘p kvartirali uy hamda 3 ta ijtimoiy soha obyektida elektr ta’minoti tiklandi. 124 ta ko‘p kvartirali uyda issiqlik tarmog‘i ta’mirlandi. 121 ta ko‘p kvartirali uyga boruvchi 14 500 p/m elektr kabellari yangisiga almashtirildi. 79 ta ko‘p kvartirali uyning yerto‘la qismidagi quvurlari, 15 ta uyning lift uskunalari ta’mirlandi. 293 ta kirish yo‘laklaridagi eshiklarga avtomatik yopish uskunasi (dovodchik) o‘rnatildi. 95 ta elektr shit, 3 ta transformator uskunalari yangisiga almashtirilib, 22 tasi ta’mirlandi.
✔️ Joriy yilning 11-18 yanvar kunlari respublikadagi boshqaruv tashkilotlari tomonidan 16 247 nafar ishchi xodim jalb qilinib, ko‘p kvartirali uylarning 87 335 ta kirish yo‘laklari qordan tozalandi. 698 ming kv/m maydonga qum-tuz aralashmasi sepildi, 4 361 ta uyning tom va soyabonlaridagi sumalaklar olib tashlandi. Ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda qor yog‘ishi natijasi singan 1 874 ta daraxt tartibga keltirildi.