?Maishiy maslahatlar
?Osongina bolg‘alash uchun tajribali hunarmandlar mix uchini oldindan o‘simlik moyiga botirishni maslahat berishadi. Bunday oddiy protsedura bilan mix qoqish jarayonini tezlashtirish mumkin.
? Qotib qolgan bo‘yoq cho‘tkasini qanday yumshatishga kelsak, natijaga erishish uchun qo‘llaniladigan ommabop usul – cho‘tkani qaynab turgan sirka ichiga botirib olish.
? Xonangiz nisbatan kengroq ko‘rinish berishini istasangiz, devorlardagi gul qog‘oz yoki bo‘yoqlar, shuningdek, mebellarning ham och ranglilaridan foydalaning.
? Devor gulqog‘ozlari uzoq xizmat qilishini istasangiz, imkor qadar ularni quyosh nurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishidan saqlang. Bu bilan yillar davomida devoriy go‘zallikni aslidek saqlabgina qolmay, quyosh nuri ta’sirida uyingizga chiqadigan xavfli kimyoviy moddalardan ham himoyalangan bo‘lasiz.