• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Bugun Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi keng nishonlanmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Bugun Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi keng nishonlanmoqda
Fev 9, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️Navoiyni anglash-o‘zlikni anglash. Bugun Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi keng nishonlanmoqda

💥Joylarda buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat hamda jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan tadbir, adabiy kecha, mushoiralar bo‘lib o‘tmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, so‘z mulkining sultoni hazrat Navoiy asarlarida bunuyodkorlik ham ulug‘langan, madh etilgan. Bugun erta tongda poytaxtimizdagi Milliy bog‘ hududi Adiblar xiyobonidagi muazzam Alisher Navoiy haykalining poyi anvoyi gullarga to‘ldi. Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, adib-u shoirlar jam bo‘ldilar. Xususan, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi mas’ullari ham ishtirok etib, ulug‘ shoir haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.

✍️”Navoiyni har kim, har kuni o‘qishi kerak!”