🏗 Albatta, har bir qurilish obyektida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinishi — ishlarning sifatli va o‘z muddatida bajarilishiga xizmat qiladi. Bu borada tegishli vazirlik va idoralar tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.
🏗 Shuni ta’kidlash joizki, qurilish sohasidagi qonun buzilishi holatlari aniqlanganda, quyidagi davlat organlari qurilish jarayonini to‘xtatish vakolatiga ega
Xususan:
👉 O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;
👉 O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining va uning hududiy inspeksiyalari;
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari;
👉 Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat organlari.
❗️Ushbu vakolatli davlat organlaridan boshqa idoralar qurilish jarayonini to‘xtatishga haqli emas.