• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Bugun Qurilish vaziri B.Zakirov Jahon banki loyiha menejeri R.Nitti boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini qabul qildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Bugun Qurilish vaziri B.Zakirov Jahon banki loyiha menejeri R.Nitti boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini qabul qildi
Dekabr 7, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Bugun Qurilish vaziri B.Zakirov Jahon banki loyiha menejeri R.Nitti boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini qabul qildi.

Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad Oʻzbekistonda shaharsozlik va hududiy rejalashtirish amaliyotini modernizatsiya qilish boʻyicha Qurilish vazirligiga konsalting xizmatlar koʻrsatishda “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Qurilish vaziri mamlakatimizda olib borilayotgan shaharsozlik sohasida kichik va oʻrta shaharlar qurilishi, aholi uchun ajratilayotgan imtiyozlarning ijobiy tomonlari haqida maʼlumot berar ekan, bunda barcha infratuzilma sharoitlarini yaratishdan samarali foydalanish, transportlar tirbandligi, ekologik muammolarni inobatga olish muhim ahamiyat kasb etishiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Oʻz oʻrnida delegatsiya aʼzolari vazir fikriga qoʻshilgan holda shaharsozlik sohasida mahalliy mutaxassislarga master klasslar oʻtilishi, ShaharsozlikLITI hamda Jahon banki mutaxassislari bilan hamkorlikda Chortoq, Yangiyoʻl va Qoʻqon shaharlari misolida bosh reja loyihasini ishlab chiqilishi, Qurilishda texnik meʼyorlash markazi bilan milliy normativlarni ishlab chiqish borasidagi hamkorlik xususida ham ta’kidladi.

Shuningdek, Qurilish vazirligi hamda Jahon banki oʻrtasidagi hamkorlik koʻlamini yanada mustahkamlash imkoniyatlari haqida muhokamalar olib borildi.