Bugun Qurilish vazirligida mavjud boʻsh ish oʻrinlari uchun nomzodlar test sinovidan oʻtkazildi

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Bugun Qurilish vazirligida mavjud boʻsh ish oʻrinlari uchun nomzodlar test sinovidan oʻtkazildi
Fev 16, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Bugun Qurilish vazirligida mavjud boʻsh ish oʻrinlari uchun nomzodlar test sinovidan oʻtkazildi.

❗️ Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda sohadagi shaffoflikni oshirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlarni ishga qabul qilishda tanish-bilishchilikka yoʻl qoʻymaslik hamda sogʻlom raqobat muhitini yaratish uchun vazirlikda tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

✅Taʼkidlash lozimki, sohada faoliyat olib borish istagida boʻlganlar kun sayin ortib bormoqda. Albatta, test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan soha mutaxassislari suhbat oʻtkazadi va shu tariqa munosiblar aniqlanadi.