⚡️Bugun Qurilish vazirligida mavjud bo’sh ish o’rinlariga nomzodlar suhbatdan oʻtkazildi.
❗️ Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda sohadagi shaffoflikni oshirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlarni ishga qabul qilishda tanish-bilishchilikka yoʻl qoʻymaslik hamda sogʻlom raqobat muhitini yaratish uchun vazirlikda tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
✅Taʼkidlash lozimki, sohada faoliyat olib borish istagida boʻlganlar kun sayin ortib bormoqda. Bugungi nomzodlar test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtishgan va soha mutaxassislari suhbatni yakunlashgach, munosiblar aniqlanadi.