Unda Davlat rahbarining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-son Prezident qarorining mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur hujjatlar asosida Qonunlar, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilgani va uning afzalliklari xususida to‘xtalib o‘tildi.
Aytib o‘tish joizki, “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob Palatasi tomonidan ekzpertizadan o‘tkazilgandan keyin nazoratdan yechilishi belgilanganligini inobatga olgan holda Vazirlikda ushbu topshiriqlarni o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.