⚡️Bugun Qurilish vazirligida Qurilish sohasida iqtisodiy islohotlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi hamda Ichki audit va komplayens boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlar test sinovidan oʻtkazildi.
❗️ Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda sohadagi shaffoflikni oshirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlarni ishga qabul qilishda tanish-bilishchilikka yoʻl qoʻymaslik hamda sogʻlom raqobat muhitini yaratish uchun vazirlikda tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
✅Taʼkidlash lozimki, sohada faoliyat olib borish istagida boʻlganlar kun sayin ortib bormoqda. Albatta, test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan soha mutaxassislari suhbat oʻtkazadi va shu tariqa munosiblar aniqlanadi.