Bugun Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi "Arxitektura, qurilish va kadastr sohasida eng yaxshi IT loyiha" nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > E'lonlar > Bugun Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi “Arxitektura, qurilish va kadastr sohasida eng yaxshi IT loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi
Iyun 25, 2021 Posted by: tested E'lonlar Fotolavhalar Yangiliklar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida “E-GOV AWARD” elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida ilg‘or tashkilotlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi “Arxitektura, qurilish va kadastr sohasida eng yaxshi IT loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi o‘z ichida bir nechta modullarni jamlagan. Qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflikni ta’minlash maqsadida yaratilgan ushbu platforma doirasida yana quyidagi axborot tizimlari joriy etilgan:

1. “Investitsiya dasturidagi obyektlar” axborot tizimi;
2. “Arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari” axborot tizimi;
3.“Loyiha-smeta hujjatlarini arxitektura qismini kelishish” axborot tizimi;
4. “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi” axborot tizimi;
5. “Qurilish sifati nazorati” axborot tizimi;
6. “Geoportal” axborot resursi;
7. “Reyting elektron platformasi” axborot tizimi;
8. “Tender elektron platformasi” axborot tizimi.