O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Qurilish vazirligi tarkibidagi Buxoro arxitektura va qurilish kollejida Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bu kabi markazlarda qurilish sohasida ichki va tashqi mehnat bozorlari uchun malakali kadrlar tayyorlanadi. Natijada ish sifati va sharoitlari yaxshilanadi, muhimi fuqarolarning bandligi, ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi. Kerakli barcha jihozlarga ega bo‘lgan ushbu ta’lim maskanida 215 nafar yoshga 8 ta kasb bo‘yicha pedagoglar bilan birga ishlab chiqarish ta’limi ustalari dars berishadi.