• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Buxorodagi turar joy binosi qurilishi to‘xtatildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Buxorodagi turar joy binosi qurilishi to‘xtatildi
Mar 29, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Buxoro info” telegram kanalida Buxoro shahar Hamza ko‘chasi yoqasida qurilayotgan qurilish obyekti holati tasvirlangan lavhalar hududiy inspeksiya mutaxassislari tomonidan qayta o‘rganilib chiqildi.

Buxoro shahar Hamza ko‘chasi yoqasida “IMPALA COLLECTION BUSINESS” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 1-qavatida savdo maishiy xizmat ko‘rsatish va yuqori qavatlari ko‘p xonadonli turar joy binosi qurilishi uchun shahar hokimining 2018-yil 7-sentabrdagi 2849-sonli qarori asosida ruxsat berilgan. “IMPALA COLLECTION BUSINESS” MCHJ 2020-yil 1-dekabrda Davlat xizmatlari agentligi orqali Buxoro viloyat qurilish boshqarmasiga ART (arxitektura rejalashtirish topshirig‘i) hujjatini rasmiylashtirish uchun tegishli tartibda murojaat qilgan hamda boshqarma tomonidan 1706-17066401-6810-sonli ART (arxitektura rejalashtirish topshirig‘i) tayyorlab berilgan. Loyiha tashkiloti “Arkada arxstroy servis” MCHJ tomonidan ishlab chiqilib, kelishilgan bosh reja konsepsiyasi joylashuvi asosida qurilish montaj ishlari olib borilgan. Ushbu MCHJ tomonidan qurilayotgan obyektning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, ekspertiza xulosasi hamda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan qurilishni boshlash uchun xabarnoma hujjatini rasmiylashtirmasdan ishlar bajarilganligi uchun inspeksiya tomonidan 2020-yil 14-sentabr kuni qurilishni to‘xtatish haqida 51-sonli yozma ko‘rsatma berilgan.

Shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirgunga qadar qurilish ishlarini vaqtinchalik to‘xtatishga ispeksiya tomonidan berilgan ko‘rsatmaga amal qilmay obyektda ishlarni davom ettirganligi uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi 99-moddasining tegishli bandi bilan “IMPALA COLLECTION BUSINESS” MCHJ mas’ul shaxsini ma’muriy jarimaga tortish bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar sud organiga taqdim etildi.