• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Bulung‘ur suv ombori qurilishi: “HAMMASI YAXSHI KЕTAYOTGANI” ROSTMI? mavzusidagi maqolaga munosabat

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Bulung‘ur suv ombori qurilishi: “HAMMASI YAXSHI KЕTAYOTGANI” ROSTMI? mavzusidagi maqolaga munosabat
May 28, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Zarafshon daryosi suv resurslaridan foydalanish va Samarqand viloyatidagi sug‘oriladigan yer maydonlarining suv bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi “Samarqand viloyatida Bulung‘ur suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli qarori qabul qilingan.

Qarorga asosan loyihani amalga oshirish bo‘yicha:

Buyurtmachi – “Samarqandsuvqurilishinvest” DUK
Bosh loyihachi – “UzGIP” MCHJ
Bosh pudratchi – “Zarafshonmaxsussuvqurilish” MCHJ belgilangan.

Loyihaning umumiy qiymati 535,6 mlrd.so‘m bo‘lib, 2021-yil 27-may holatiga ko‘ra jami (tuproq kesish, mavjud kollektor tarmoqlarini tozalash, ochiq kollektorlar tizimini qurish, yopiq-yotiq drenaj tarmog‘i, to‘g‘on ko‘tarish ishlari, tezoqar inshooti, to‘ldiruvchi kanal, kirish hamda chiqish kanallari, ma’muriy bino qurilishi ishlari bo‘yicha) 210,093 mlrd.so‘m qurilish-montaj ishlari bajarilgan.

Ushbu qurilish-montaj ishlarini bajarishga 6 ta yordamchi pudratchi tashkilot ham jalb qilingan. Qurilish obyektida buyurtmachi tashkilotning 3 nafar texnik nazoratchisi va loyiha tashkilotining 1 nafar mualliflik nazoratchisi tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.

Obyektda tuproq ishlarini bajarishda tuproq tarkibi va uning hossalarini aniqlash, tuproq ishlarini loyiha asosida bajarilishini nazorat qilish “GidroNGO” MCHJning 3 nafar laboratoriya xodimi tomonidan doimiy amalga oshirilmoqda. Laboratoriya xodimlari tomonidan tuproq ko‘tarmasining har bir qatlami zichlanishi to‘g‘risidagi ijobiy sinov laboratoriya xulosalari olingandan keyin, navbatdagi qatlamning to‘shalishi hamda zichlanishi doimiy nazoratga olinmoqda.

Obyektda monolit betondan bajarilgan ishlarning mustahkamligi yuzasidan akkreditatsiyadan o‘tgan tegishli vakolatga ega “UzGidroproyekt”AJga qarashli maxsus sinov laboratoriyasi tomonidan sinov ishlari olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. Sinov va nazorat ishlari obyektning o‘zida olib borilmoqda.

Qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarilishi, loyiha hamda SHNK talablariga amal qilinishi, me’yoriy hujjatlarning mavjudligi va o‘z vaqtida yuritilishi yuzasidan Samarqand viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining inspektori tomonidan muntazam nazorat ishlari olib borilmoqda. Sifatsiz bajarilgan ishlar aniqlangan taqdirda, uni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Inspektor tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmaga asosan loyiha tarkibidagi aylanma kanalga 200 m2 sifatsiz yotqizilgan beton buzdirilib, qaytadan beton yotqizildi hamda 2 km uzunlikdagi kollektorning yon qiyaligi (otkoslari) qaytadan olindi.