Prezident Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Ularga ko‘ra, Qibray tumanida dendropark, Olimpiya shaharchasi, universitet, shifoxona va boshqa obyektlar qurilishi rejalashtirilgan.
Loyihalarni sifat va qulaylik jihatidan takomillashtirish, inshootlarni qurishda jahondagi eng ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.