💳 Оnkologiya va radiologiya tibbiyot markazining yangi kompleksi barpo etilmoqda, Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi
🗣Toshkent shahar Olmazor tumani “Shifokorlar” koʼchasidagi Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazining yangi kompleksi barpo etilmoqda. Shuningdek, markaz hamda uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi.
🍎 Yangi kompleks tarkibiga Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, markazning poytaxt filiali hamda Toshkent viloyati filiali kiradi. Shunga koʼra tegishli hukumat qaroriga muvofiq, shifoxonalarning mavjud bino-inshootlari hududi yangi kompleksni qurish xarajatlarini qoplash uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qoʼyilgan.
🔔 Maʼlumot oʼrnida aytish joiz, yangi kompleks 2023-yilning may oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.
🗣Yangi kompleks ishga tushganidan soʼng ikki oy davomida muassasalardagi bemorlar va zarur uskunalarni koʼchirish ishlari olib boriladi. Sotuv auksionida gʼolib boʼlgan tadbirkorga yangi kompleksga koʼchish ishlari toʼliq amalga oshmaguncha ikki oygacha bu yerda hech qanday ishlarni boshlamasligi majburiyati yuklanadi.
➖ Yangi kompleksda 17 ta yangi klinik boʼlim faoliyati yoʼlga qoʼyiladi. Jumladan, mamlakatimizda ilk bor suyak koʼmigi transplantatsiyasi boʼlimi ochiladi. Markazda 16 ta reanimatsion va operatsion xonalar eng soʼnggi texnologiyalar bilan taʼminlanadi. Intensiv terapiya boʼlimi yurak monitorlari, oʼpkani sunʼiy shamollatish moslamalari va boshqalar bilan jihozlangan konsolli funksional yotoqlarga ega boʼladi.
💻 Turli tibbiyot muassasalarida faoliyat koʼrsatayotgan 5 ta onkologiya kafedrasi birlashib, yagona metodik markazga aylanadi. Ilk bor yadro tibbiyoti kafedrasi tashkil etiladi. Kompleksda 9 ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali ishga tushiriladi. Birida toʼxtalishlar yuz bergan taqdirda ham boshqalari uning oʼrnini toʼldirishi natijasida davo muolajasi uzluksizligi taʼminlanadi.
🛡 Boshqaruv jarayoniga turk va koreys mutaxassislari tavsiyalari va tajribasi asosida zamonaviy menejment tizimi joriy etiladi. Muassasa ishga tushgunga qadar 100 nafardan mutaxassis Koreya va Turkiyada malaka oshiradi hamda ushbu kompleksni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida 80 million АQSh dollari ajratilgan.