🔎 Bugungi kunda aholining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, huquqlarini taʼminlash borasida davlatimiz rahbari tomonidan yuritilayotgan xalqona siyosat amalda oʻz ifodasini topmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish bo’yicha muayyan ishlar qilinyapti.
📍 Viloyatning chekka hududlarida yangi ijtimoiy soha obyektlari, xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining foydalanishga topshirilayotgani ham fikrimizga isbot bo’ladi.
🔹 Joriy yilning oʻzida tumanda 16 bogʻcha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Ko’kdala tumani “O’tamayli” MFYda zamonaviy talablarga javob beradigan 120 o’rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti Qurilish vazirligi tomonidan barpo etildi.
➡️ Bog’cha zamonaviy talablarga javob beradi. Unda eng ilg’or qurilish texnologiyalaridan hamda energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanilgan. Bugungi kunda 5 mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan “O’tamayli” MFY aholisi uchun ushbu muassasaning foydalanishga topshirilishi bayram arafasida munosib tuhfa bo’ldi.
⚡️ 14-maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimida soʻz olganlar bugungi kunda mamlakatimizda aynan inson qadri, uni ulug’lash, eng chekka hududlarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash borasida Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida alohida taʼkidladilar.