✅Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 4-5-mart kunlari Buxoro arxitektura va qurilish texnikumida “Professional taʼlim muassasalarida muttaxassislik fanlarini oʻqitilish uslubiyoti” mavzusida oʻquv amaliy seminari hamda KNAUF xorijiy qoʻshma korxonasi bilan hamkorlikda “Quruq usulda qurilish va suvoqlash ishlari” yoʻnalishida WORLDSKILLS standartlari asosida oʻquvchilar oʻrtasida kasb tanlovi boʻlib oʻtdi.
▶️Mazkur tadbirda tizimdagi texnikum va kollej direktorlari, shuningdek, Qurilish sohasi malakalali mutaxassislarni tayyorlash markazi rahbar va pedagoglari ishtirok etishdi.
?Oʻquv-seminarida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya institutining professor-oʻqituvchilari tomonidan sohaga oid mutaxassislik fanlaridan taqdimot namoyish etildi.
?Ushbu oʻquv-seminaridan koʻzlangan asosiy maqsad qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashda zamonaviy oʻquv uslublarini amaliyotga tadbiq etishdan iborat hisoblanadi.