• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Buxoro: qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Buxoro: qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot
May 12, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Maʼlumki, “Shaffof qurilish” platformasi qurilish tashkilotlariga erkin, shaffof, adolatli va halol, eng muhimi inson omili aralashmaydigan tanlovlar uchun munosib sharoit hamda qulayliklarni yaratdi.

Bunda qurilish-pudrat tashkilotlari vakillarini reyting koʼrsatkichlari yuzasidan o’ylantirayotgan jihatlar, qiziqtirayotgan savol va takliflarga quloq tutish, ularni ochiq muhokama qilish orqali tashkilotlar faoliyatida, qurilish sifatida samaradorlikka erishish mumkin.

Ayni shu maqsad yo’lida respublikamizning har bir hududida tashkil etilayotgan ochiq muloqot shaklidagi tadbirlar bugun Buxoro viloyatida davom etmoqda.

Uchrashuv avvalida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi mas’ullari tomonidan mazkur onlayn tizimning imkoniyatlari, ma’lumotlar joylashdagi aktual kamchiliklar xususida ma’lumot berildi.