🗺 Shaharning turistik jozibadorligini oshirish, qulay sayyohlik infratuzilmasi asosida qurilish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Buxoro shahrida 5 ta hudud oʻrganildi. Eskiz va bosh rejalari ishlab chiqilib, taqdimotlari oʻtkazildi. Ushbu loyihalar boʻyicha investorlarning takliflari tahlil qilindi va ochiq tanlov asosida saralandi. Buning uchun koʻplab nufuzli xorijiy mutaxassis, arxitektorlarning fikrlari, takliflari inobatga olindi.
🗂 Loyihaga koʻra “Turistik markaz” hududida Buxoroning “eski shahar” qismiga monand, katta boʻlmagan mehmonxonalar, milliylik va zamonaviylik uygʻunlashgan “turizm shaharchasi”ni barpo etilishi hisobiga tashrif buyuruvchi sayyohlarning erkin (piyoda) harakatlanishi uchun imkoniyat yaratiladi.
✍️ Tarixiy markazning mantiqiy davomi sifati uygʻunlikda yangi turizm shaharchasi shakllanadi hamda aeroport va temir yoʻl vokzalidan aniq yoʻnalish boʻyicha transport qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Turistlarni Buxoroda boʻlish vaqtini uzaytirish boʻyicha tungi paytda madaniy tadbirlar, gastrol konsert, teatrlashgan tomoshalar, forum, yarmarka va uchrashuvlar tashkil etilishi uchun eng jozibali hudud paydo boʻladi. Yangi turizm yoʻnalishi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish imkoniyatlari kengayadi, minglab yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Asosiysi Buxoro shahrining “eski shahar” qismiga tutash hududdan “Turizm shaharchasi” ning barpo etilishi sayyohlar uchun turistik zonalar maydoni kengayishiga olib keladi.