“O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan 2017 yil davlat dasturi doirasida Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 3 ta 7 qavatli jami 126 ta xonadondan iborat ko‘p kvartirali arzon turar joylar qurib foydalanishga topshirilgan.
Joriy yilda shaharda jami 128 ta xonadonni o‘zida mujassam etgan 2 ta 16 qavatli zamonaviy turarjoy majmuasi qad rostlamoqda. Kompaniya tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 4 yil davomida jami 18 ta 7 qavatli va 2 ta 16 qavatli uylar qurildi. Buning natijasida 884 ta ehtiyojmand oilalar o‘z uyiga ega bo‘ldi.