⚡️Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida Chortoq tumanida yana bir tashkilot – qurilish bo‘limi o‘z binosiga ega bo‘ldi. Ikki qavatli barcha sharoitlarga ega mazkur zamonaviy binoga tadbirkor tomonidan 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilib, davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazildi.
– Shu paytgacha tashkilotimiz o‘zining alohida binosiga ega bo‘lmagan. Sharoitdan kelib chiqib yillar davomida ijara asosida faoliyat yuritilgan. Yangi binoga ko‘chib o‘tganimiz jamoamiz, barcha hamkasblarimiz uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi, – deydi Chortoq tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i Oqilxon Sottibayev.