🏗Chortoq tumanidagi “Oq terak” mahallasida yangidan qurib bitkazilgan 38-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi.
✅Obyektning loyiha qiymati 7,2 mlrd soʻm boʻlib, Respublika davlat aktivlarini boshqarish agentligining moliyaviy koʻmagida barpo qilindi. 160 oʻringa moʻljallangan ushbu muassasada bolajonlarning taʼlim-tarbiya olishlari va mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
💥Ochilish marosimida viloyat va tuman hokimligining mutasaddi rahbarlari, tegishli tashkilotlar boshliqlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.