🟢Ishchi guruh aʼzolari mazkur universitet dekani, professor Xyun Park boshchiligida tashkil etilgan ekskursiyada, muassasaning kutubxonasi va unda talabalar, professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek, universitet tomonidan tashkil etilgan Seul shahrining tarixi haqida maʼlumot beruvchi muzeyda boʻlishdi.
✔️Dekan Xyun Park Seul universitetida jami 10 nafar Oʻzbekistonlik talabalar tahsil olish imkonini qoʻlga kiritib, 4 nafari hozirgi kunda Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotganligi, 6 nafar talaba esa hozirda tahsilni davom ettirayotganligi haqida maʼlumot berdi. D.Adilov Seul universitetida tahsil olayotgan 6 nafar talaba bilan uchrashib, ular tahsil olayotgan magistratura mutaxassisliklari, yaratilgan sharoitlar, universitetni bitirgandan soʻng ish faoliyatlarini qaysi sohada davom ettirish istaklari haqida suhbat oʻtkazdi.
▶️Ekskursiyadan soʻng Seul universiteti prezidenti Sux Sun-Tak bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda universitet prezidenti Sux Sun-Tak delegatsiya aʼzolarini qabul qilishdan mamnun ekanligini bildirib, oʻzbekistonlik talabalar ilmga chanqoq va namunali odobga ega ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
📌D.Adilov Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan Koreya Respublikasining Adju, Puchon va Yodju universitetlari faoliyati va ularda tayyorlanayotgan taʼlim yoʻnalishlari to’gʻrisida gapirib oʻtdi. Shu bilan birgalikda vazirlik tizimidagi TAQI va SamDAQI institutlarning faoliyati, ular uchun qurilayotgan yangi kamus loyihalari va yaratilayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida toʻxtaldi.
📎Taʼlim muassasalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qo’ldoshev tomonidan TAQI va SamDAQIda olib borilayotgan transformatsiya jarayoni, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va xorijiy hamkorlik haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, bugungi kunda vazirlikning ikki nafar xodimi Seul universitetida magistratura bosqichida taʼlim olayotganligini, vazirlik tizimida faoliyat yurituvchi yosh xodimlar orasida xorijiy tajribani oʻzlashtirishga qiziqish katta ekanligini bildirdi.
📚Seul universiteti prezidenti Sux Sun-Tak ikki davlat oʻrtasida mustahkam aloqalar oʻrnatilishi natijasida Oʻzbekistonda Koreya Respublikasining taʼlim muassasalari soni ortib borayotganligidan mamnunligini bildirib, Qurilish vazirligi xodimlariga keyingi oʻquv yili uchun yana 2 ta grant oʻrin ajratilishini maʼlum qildi.
❗️Shuningdek, vazirlik tarkibidagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilishi, ular bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida urbanizatsiya va qurilishni boshqarish magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashga tayyor ekanligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida universitet prezidenti Sux Sun-Tak D.Adilov va delegatsiya aʼzolariga minnatdorlik bildirib, Koreyaga rejalashtirilgan safarning samarali oʻtishini tiladi.