• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Davlatimiz rahbari Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Davlatimiz rahbari Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi
Yanvar 22, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Davlatimiz rahbari Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi. Ilgari bu hududda pana-pastqam, kanalizasiyasi yo‘q uylar bo‘lib, shahar ko‘rkini buzib turardi. O‘tgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etildi.

Shavkat Mirziyoyev mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadoniga kirib ko‘rdi. Dasturxon atrofida dildan suhbat bo‘ldi. Prezident xalqimiz mana shunday zamonaviy sharoitlarda yashashga munosib ekanini ta’kidladi.