🟥Bu muhim!
📣Aziz fuqarolar!
Havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan Sizdan quyidagilarni so‘raymiz:
🟠 bino va ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklaridan chiqishda muzlamalar mavjudligi, shuningdek, uylarning tom va kirish yo‘laklarida hosil bo‘layotgan muz bo‘laklari (sumalaklar) xavfini inobatga olib, hushyorlikni oshiring va ehtiyot bo‘ling;
🟢 daraxt shoxlari yoxud ulardan tushadigan qor uyumlaridan transport vositalaringizni ehtiyot qilish maqsadida ularni maxsus to‘xtash uchun ajratilgan bo‘sh joylarda qoldiring;
🟠 ko‘p kvartirali uylarning yo‘laklaridan kirish va chiqishda ortiqcha issiqlik yo‘qotilishining oldini olish uchun eshiklarni yopiq holda qoldiring;
🟢 aholi turar joylariga kirayotganda avtoulovingiz tezligini pasaytiring va transportlar orasidagi masofani saqlang, chunki sekin harakatlanayotganda muz holati va boshqa avtomashinalarga sezgirlik, shuningdek, to‘satdan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalarga javob berishga vaqt ko‘proq bo‘ladi;
🟠 kechki va tungi vaqtda sababsiz tashqariga chiqmang, jamoat transportidan foydalaning, xavfsizlik nuqtai nazaridan shaxsiy transport vositalaridan foydalanmang;
🟢 favqulodda vaziyatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz plitalarini tungi vaqtda yoniq holatda qoldirmang.
◀️ Ta’kidlash lozimki, ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘p kvartirali uylar boshqaruvchi tashkilotlari xodimlarini keng jalb qilgan holda ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklari hamda ularga tutash hududlarni qor va muzdan tozalash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar, shuningdek, muz bo‘laklari va yiqilgan daraxt hamda ko‘chatlarni olib tashlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.