‼️ ISSIQLIK ENERGIYASI BERILMAGAN KUNLAR UCHUN PUL TO`LANADIMI?
📝 Ko‘pchiligimizni ushbu savol o‘ylantirmoqda. Barchamizga ayonki, havoning keskin sovishi va gaz bosimining pasayishi bois, Toshkent shahrining ayrim joylarida issiqlik ishlab chiquvchi va ta’minlovchi korxonalar tomonidan iste’molchilarga parametrlarga va harorat jadvaliga mos issiqlik yetkazib berilmadi.
Issiqlik ta’minotida vujudga kelgan uzilishlar sababli ”Veolia Energy Tashkent” XK MChJ issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi tashkiloti issiqlikni talab darajasida yetkazmagan davri uchun qayta hisob-kitob qilinishini ma’lum qildi.