✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda “Qurilish sohasida inson omilisiz elektron davlat xaridlari” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda.
🟢 Qurilish sohasida inson omilisiz elektron davlat xaridlarini joriy etilganiga roppa rosa 1 yil boʻldi.
Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 46-son qarori bilan joriy etilgan edi.
2022-yil davomida har xil moliyalashtirish manbalari hisobidan boshlangʻich qiymati 21,83 trln soʻmlik 12511 ta obyektlar boʻyicha inson omilisiz elektron tender oʻtkazildi.
Shundan Davlat dasturlari boʻyicha boshlangʻich qiymati 14,3 trln.soʻmlik 8467 ta obyektlar boʻyicha inson omilisiz savdolar oʻtkazildi. Davlat dasturlari boʻyicha jami 698,8 mlrd.soʻm iqtisod qilingan.
➡️ Inson omilisiz elektron tenderlarni joriy etilishi qurilish sohasidagi davlat xaridlarida ortiqcha qogʻozbozlikka chek qoʻyildi, qurilish-pudrat tashkilotlari uchun haqqoniy raqobat bozori yaratildi, tender jarayonlarida inson omili cheklanishi natijasida korrupsiyaga barham berildi. Eng asosiysi ushbu sohadagi tadbirkorlik subyektlarida oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, halol tender gʻolibi boʻlishi mumkinligi fikri shakllandi.
Ammo ushbu sohadagi hamma tadbirkorlik subyektlari ham yaratilgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanmayotgan holatlar ham kuzatilmoqda. Eng achinarlisi yillar davomida misqollab yigʻilgan qurilish sohasidagi obroʻsi va imijini ayrim qurilish-pudrat takilotlari oʻz qoʻllari bilan bir kunda sindirishmoqda. Shartnoma shartlarini bajarishda sovuqqonliklarga yoʻl qoʻyish, har bir yutib olingan obyekt boʻyicha reyting balidan 5% chegirma joriy etilishidan oldin oʻz kuch va imkoniyatlarini hisobga olmasdan bir nechta obyektlarni yutib olgan ayrim pudratchilar tomonidan ishlarni oʻz vaqtida bajarmaslik holatlari ham kuzatilmoqda.
Shu bilan birga 2022-yil 31-yanvardagi qarorda qurilish sohasidagi Davlat xaridlarida:
Qurilish-pudrat tashkilotlarining Davlat xaridlari boʻyicha pudrat shartnomalari ijrosidagi oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, ayrim pudrat tashkilotlari ishlarning katta qismini subpudratchilarga berib yubormoqda. Bu holat soliq organlariga pudratchilar tomonidan har oyda topshirilayotgan hisobotlarga muvofiq asoslanmoqda.
✅ Qurilish sohasida davlat xaridlarining islohoti raqamlashtirishlar asosida amalga oshirilmoqda. Bu degani har bir qurilish-pudrat tashkilotining Davlat xaridlari boʻyicha shartnoma shartlarini bajarish tarixi oʻchmas maʼlumotlar bazasiga kiritib borilmoqda va ushbu maʼlumotlar asosida ular saralanib boriladi. Ushbu holatda qurilish-pudrat yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari oʻz imijlari ustida qattiq ishlashlari maqsadga muvofiq boʻladi.