• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

DIQQAT! DIQQAT!

Fev 6, 2023 Posted by: tested E'lonlar Yangiliklar

🎤 Hurmatli OAV vakillari hamda blogerlar!

Sizlarni “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikdagi “ARTON” kompaniyasiga qarashli gazobeton bloklarini ishlab chiqaruvchi korxonada tashkil etiladigan navbatdagi press-turimizga taklif etamiz. Tadbir davomida sanoat korxonasining faoliyati, shuningdek, energotejamkor qurilish materiallarining o’ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. Investor va mutaxassislar bilan intervyular ham sizni kutmoqda.

🚗 Jo‘nab ketish vaqti: 7-fevral kuni ertalab soat 9:30da.

📍 Jo‘nab ketish joyi: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosi, Abay ko‘chasi 6-A uy.

✏️ Eng yaqin metro bekatlari: G‘afur G‘ulom va Alisher Navoiy.

📍Press-tur manzili: Toshkent viloyati Ohangaron shahri.

🟡 Jamiyat uchun foydali mavzu hamda borish-qaytish uchun barcha sharoitlar bizdan, tahliliy materiallar esa sizlardan!