• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

DIQQAT! DIQQAT!

Okt 6, 2022 Posted by: tested E'lonlar Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 326-sonli “Fuqarolar ishtirokidagi audit oʻtkaziladigan obyektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlangan. Unga muvofiq “Davlat auditi” dasturida fuqarolar tomonidan tanlanishi mumkin boʻlgan nazorat obyektlari roʻyxatini shakllantirish hamda fuqarolar tomonidan eng koʻp marotaba tanlangan nazorat obyektlarida nazorat tadbirini oʻtkazish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida fuqarolar tomonidan tanlanishi mumkin boʻlgan nazorat obyektlari roʻyxati vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi masʼul xodimlari tomonidan shakllantirilib “Davlat auditi” dasturiga kiritilgan.

Shu bois joriy yilning 1-10-oktabr kunlari fuqarolar tomonidan nazorat obyektini tanlash jarayoni boʻlib oʻtadi, barchani ushbu jarayonda faol bo’lishga chaqiramiz!