💳O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 4-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda bitiruvchi kurs talabalarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda “Xalqchil davlat fuqarolik xizmatiga ochiq yo‘l” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📌2022-yil 4-noyabr kuni soat 15:00 da Toshkent arxitektura-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining mutaxassislari bilan bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
‼️Shoshiling, ushbu uchrashuv bitiruvchi kursda tahsil olayotgan yoshlar uchun kerakli imkoniyatdir.