Ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari diqqatiga!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 4-noyabrdagi 5252-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarorining 1-a ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan aholi bilan “Marketplays” platformasi orqali amalga oshirilgan pulli hisob-kitoblar uchun xaridorlarga elektron fiskal chek taqdim qilish tartibi belgilangan.
Shunga ko’ra respublikadagi barcha boshqaruv organlaridan ko‘p qavatli uylarga ko‘rsatilayotgan xizmatning STIR, tovar kodi, chek turi, soliq to‘lovchiligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘rnatilgan tartibda “Maroqand” MChJ (Upay elektron to’lov tizimi) ning so‘roviga asosan taqdim qilishi hamda my.soliq.uz kabinetdan Upay to‘lov tizimini komissioner sifatida belgilab qo‘yishlarini so‘raymiz.
☎️Bog‘lanish uchun raqamlar: 95 309 85 00; 93 570 25 85; 90 981 99 22.