• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

DIQQAT, TANLOV!

Sen 22, 2021 Posted by: tested E'lonlar Yangiliklar

📣 Qurilish vazirligi “Qurilish sohasida raqamlashtirish” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

🔎 Mahalliy dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash, mukammal bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan zamonaviy arxitektura loyihalarini, muhandislik ishlanmalarini hamda qurilish sohasida innovatsion texnologiyalarni yaratish maqsadida tashkil etilayotgan tanlov Qurilish vazirligi tomonidan joriy yilning 24-25-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

🌐 Mazkur ko‘rik-tanlovda mahalliy dasturchilar, yetakchi IT mutaxassislar va pudrat tashkilot xodimlari ishtiroki etishi mumkin.

🔰 Ko‘rik-tanlov nominatsiyalari:
– loyihalashtirish sohasiga doir ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar;
– qurilish ishlab chiqarishini boshqarish sohasiga doir ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar.

Nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar boshqa ko‘rik-tanlovda ishtirok etmagan 3 tagacha loyiha, ishlanma va ijodiy ishlari bilan qatnashishi mumkin.

15-noyabrdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan loyiha, ishlanma va ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovga qo‘yilmaydi. Shuningdek, loyiha, ishlanma va ijodiy ishlarda dolzarblilik, innovatsion g‘oya, yechim va tugallanganlik o‘z aksini topishi lozim.

📍 Ma’lumotlar info@mc.uz elektron pochtasiga o‘z vaqtida jo‘natilishi talab etiladi.

Agar ijodiy ishlar o‘rtasida raqobat yoki ballar teng bo‘lsa mualliflarga masofaviy tarzda savollar beriladi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Ishchi guruh tomonidan aniqlanadi.