• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Dolzarb masalalar - Namangan qurilish boshqarmasi masʼullari eʼtiborida

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Dolzarb masalalar – Namangan qurilish boshqarmasi masʼullari eʼtiborida
Fev 25, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

▶️Namangan viloyati Qurilish bosh boshqarmasida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. Unda bosh boshqarma, shahar va tuman qurilish boʻlimlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdilar. Tizimdagi tashkilotlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash, turli qonun buzilish holatlari, xususan, korrupsiyaga qarshi kurash masalalari koʻrib chiqildi.

❗️Jumladan, tarmoq xodimlarining Prezident va hukumat qarorlarini hamda boshqa hujjatlarda tizim oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish yuzasidan olib borayotgan faoliyati tanqidiy tahlil etildi. Erishilgan yutuqlar qayd qilingani holda mavjud kamchilik va muammolar ham ochiq aytildi.

✔️Bugungi kunda viloyatda qurilish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 ming 646 tani tashkil etib, ularning soni oʻtgan yilga nisbatan 321 taga oshgan. Bunyodkorlik ishlarida pudratchi va quruvchilarni tanlash, tender tanlovlarini tashkil etishda xolislik, adolat va shaffoflik kabi tamoyillarni joriy etish diqqat markazida turibdi.
Boshqarma mutaxassislari tomonidan Uchqoʻrgʻon va Norin tumanlari qurilish boʻlimlarida oʻtkazilgan oʻrganish natijalari ham muhokama qilindi. Har ikki tashkilot faoliyatida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarga tanqidiy baho berildi. Rahbarlardan tezda holatni ijobiy tomonga oʻzgartirish yuzasidan aniq va taʼsirchan choralar koʻrish talab qilindi.