• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

E'tirof va rag'bat

Avg 31, 2021 Posted by: tested E'lonlar Fotolavhalar Yangiliklar

Prezident farmoniga muvofiq oʻzining samarali faoliyati bilan ibrat va namuna boʻlib kelayotgan koʻplab fidoyi yurtdoshlarimiz yuksak orden, medal va esdalik nishonlariga sazovor boʻldilar. Ular orasida Qurilish vazirligi xodimlari ham bor.

Bugun, 30-avgust kuni boʻlib oʻtgan tadbirda Qurilish vaziri Botir Zakirov “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlarini oʻz egalariga topshirdi.

Shuningdek, faol xodimlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.