• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

“Eko shahar” qurilishi boʻyicha xulosalar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > “Eko shahar” qurilishi boʻyicha xulosalar
Noyabr 10, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🗺 Fargʻona shahrida boʻlib turgan Qurilish vazirligining tezkor guruhi shahardagi “Eko shahar” koʻp-qavatli turar-joy binolarining qurilishida bir qancha kamchiliklarni aniqladi.

🔔 Buxoro va Navoiy viloyatlarida boʻlgani kabi mazkur hududda ham quruvchilarning texnika xavfsizligi toʻliq taʼminlanmagan. Shuningdek (suratlarda):

🗣 qurilish ashyolari maxsus omborda saqlanmasdan, ochiq maydonda turganligidan birlamchi bosqichda zanglagan;

🗣 loyiha asosida har bir koʻp qavatli uylarning 1-qavatida tashkil etilishi shart qilib qoʻyilgan, velosipedlar, samokat, kolyaska va nogironlik aravachalari saqlanadigan maxsus xonalar ham xonadon sifatida qoʻshib yuborilgan;

🗣 ayrim qurilish-montaj ishlarida armaturalar iqtisod qilingan.

💬 Shu bilan birga Fargʻona shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilishda sifatsiz materiallar ishlatilishining oldi olinib, yaroqsiz gʻishtlar va yoriqli beton plitalar foydalanilishiga chek qoʻyilgan.

🟡 300 gektar yirik maydonda 298 ta 7-25 qavatli uy-joylar barpo etilishi rejalashtirilgan massivning qurilish jarayonlari davomida shu kungacha nazorat muhandislari tomonidan 150 ta monitoring oʻtkazilib, 356 ta sifatsiz ishlar va loyihadan chetga chiqish holatlari bo‘yicha yozma koʻrsatma tayyorlangan hamda MJtKning 99-moddasiga ko‘ra 12 marta chora koʻrilgan.

💬 Javobgarlik sabablari asosan sifat bilan bogʻliq. Yaʼni taqdimnomalar ishlatilayotgan sifatsiz pishgan gʻisht mahsulotlari, armatura hamda koʻp boʻshliqli temir beton orayopma plitalar uchun kiritilgan.

❕Sanab oʻtilgan oqsoqliklarning belgilangan muddatda bartaraf etilishi yuzasidan qurilish ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.

❗️ Aniqlanayotgan har bir kamchilik vazirlik tomonidan nazoratga olinishi maʼlum qilinadi.