🏗“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori mazmun-mohiyatini ekspertiza sohasida akkreditatsiyadan o‘tgan (guvohnomaga ega) yuridik tashkilotlar, qurilish sohasida buyurtmachi, loyihachi, pudratchi va boshqa aloqador tashkilotlarga tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi.
Unda “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom;
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida joriy etilishini ta’minlash va uning tartibi;
Ekspertiza sohasida akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik tashkilotlarning huquq va majburiyatlari;
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati masalalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.