🏗Fargʻona shahrining Nurafshon koʻchasidagi Yangi Oʻzbekiston massivida oʻziga xos Eko shaharni qurish ishlari boshlab yuborilgan. Qariyb 300 gektarlik maydonning 70 gektarida Yangi Oʻzbekiston bogʻi ham tashkil etiladi. Uylar 7-9-12-16 -18 va 25 qavatdan iborat boʻlib, qurilish texnologiyasida Koreya tajribasidan foydalanilmoqda. Bu jarayonda turkiyalik mutaxassislar bilan ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
🟢 Shaharchada barchasi hisobga olingan. Hari biri 420 oʻrinli 10 ta bogʻcha, 1650 nafardan jami 10 ming nafar oʻquvchini sigʻdira oladigan 6 ta maktab, 250 qatnovga moʻljallangan poliklinika, markaziy shifoxona, biznes, IT va kovorking markazlari, 4000 oʻrinli amfiteatr, sport kompleksi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, mehmonxonalar, xullas, barchasi Eko shaharni yaxlit mequgapolis koʻrinishiga olib keladi. Eko shaharning 50 gektar maydonida kichik sanoat zonasi ham ish boshlaydi. Bu yerda shu hududda istiqomat qiladigan 20 ming nafar aholi uchun ish oʻrinlarini tashkil qilish maqsad qilingan.
❗️Qurilish ishlarida energotejamkor texnologiyalardan foydalanilyapti. Bunda markazlashgan isitish tizimi, suv, kanalizatsiya, aloqa tarmoqlari joylashuvida ham eng ma’qul va xalqaro amaliyotda oʻzini oqlagan tajribadan foydalanilyapti. Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida barcha hududlarda kompleks tarzda boshlangan. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish doirasida Fargʻona shahri, Yozyovon va Fargʻona tumanlarida 3 ta massiv tanlab olingan. Ularda koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik obyektlarini qurish boʻyicha bosh rejalar ishlab chiqildi.
✅Uylarni qurish uchun ajratilgan yer maydonlari 143 ta lotga boʻlinib, barcha yer uchastkalari auksion savdolari orqali sotilmoqda. Bugungi kunda 66 ta uyda qurilish ishlari davom etyapti. Uylarning qurilish ishlarini sifatli olib borilishi yuzasidan Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda.