Ishonch telefoni: (+998 71) 210-11-04 (ichki raqam 5 )

Farg‘onada aniqlangan sifatsiz qurilishlar...

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Farg‘onada aniqlangan sifatsiz qurilishlar…
Apr 8, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Qurilish vazirligi tomonidan yurtimiz bo‘ylab hududiy nazorat inspeksiyalari bilan birga qurilayotgan obyektlarni o‘rganish ishlari davom etmoqda va bu borada Farg‘ona viloyatida ham qator sifatsiz qurilish obyektlari aniqlandi.

1. “DONO NASHRIYOTI” MCHJ tomonidan qurilayotgan obyekt bo‘yicha Farg‘ona shahar hokimining 2020-yil 18-avgustdagi 441-sonli qaroriga asosan tegishli arxitektura-shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan hamda qurilish montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 9-sentabrda 22299667-sonli xabarnoma yuborilgan.

Ushbu obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

Barcha kolonnalarda bir-biriga ulanishi noto‘g‘ri bajarilgan. Barcha rigellarda ulanish qismlari noto‘g‘ri joyga qo‘yilgan. KMK 2.03.01-96 bo‘yicha qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Yuqori qismidagi armatura kolonna bilan tutashgan joyida ulanib qolgan. Pastki qismi rigelning o‘rtasida ulanib qolgan. Yerto‘la qismida FBSlar noto‘g‘ri terilgan. KMK 2.01.03-96 p.3.1.11a band bo‘yicha armaturalar tashlab ketilmagan. Ushbu tekshiruv natijasiga ko‘ra mas’ul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99 moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

2. Farg‘ona shahar hokimining 2019-yil 19-noyabrdagi 1114-sonli qaroriga asosan “Marg‘ilon binokor ta’mir qurilish” MCHJga 12 qavatli 1 va 2-qavatida hunarmandlar markazi, sog‘lomlashtirish majmuasi va savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi hamda qolgan qavatlarida turar-joy qurilishiga ruxsat berilgan. Ushbu qarorga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan va tashkilot tomonidan qurilish montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020 yil 6 avgustda 21242539-sonli xabarnoma yuborilgan.

Ushbu obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlanib, mas’ul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99 moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

3. 2020-yil 21 apreldagi Elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi №YU 074-019979 sonli bayonnoma bilan fuqaro Mirzayev Doniyor O‘rinboyevichga tegishli yer maydonida 9 qavatli turar-joy binosi  qurilishiga ruxsat berilgan.

Ushbu bayonnomaga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan va qurilish ishlari boshlangani haqida 22009248-sonli xabarnoma yuborilgan.

Ammo obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda yerto‘la qismida kolonnalar noto‘g‘ri chiqarib ketilgan. Tashqi to‘siq devorlarini mayda blokli g‘isht materialidan ishlatilgan va kolonnalarga biriktirilgan. Loyihada ko‘rsatilgan uzellar qo‘llanilmagan. G‘isht terish ishlarida ayrim joylarda vertikal choklar sement qorishmalar bilan yetarli darajada to‘ldirilmagan.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra mas’ul shaxsga ushbu turar joy binosiga tegishli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qurilish montaj ishlarini to‘xtatish uchun yozma ko‘rsatma berilgan.

4. Tilavoldiyev Temurbek Rasul o‘g‘liga tegishli yer maydonida 9 qavatli turar-joy binosi  qurilishiga ruxsat berilgan va qurilish-montaj ishlari boshlaganligi haqida inspeksiyaga 2020-yil 28-avgustdagi 22008301-sonli xabarnoma yuborilgan.

Ammo loyihada ko‘rsatilgan uzellar qo‘llanilmagan. Diafragma devorlari kolonna bilan tutashgan qismida kamchiliklar mavjud. G‘isht terish ishlarida ayrim joylarda vertikal choklar sement qorishmalari bilan yetarli darajada to‘ldirilmagan. Tegishli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fuqaroga qurilish montaj ishlarini to‘xtatish uchun yozma ko‘rsatma berilgan.

5. Farg‘ona shahar hokimining 2019-yil 19-noyabrdagi 1114-sonli qaroriga asosan “Farg‘ona qurilish ko‘rki” MCHJga 12 qavatli 1-2-qavatida hunarmandlar markazi, sog‘lomlashtirish majmuasi va savdo maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi hamda qolgan qavatlarida turar-joy qurilishiga ruxsat berilgan.

Ushbu bayonnomaga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan hamda qurilish ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 6-avgustda 21311377-sonli xabarnoma yuborgan.

Biroq obyekt joyiga chiqib o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra MCHJning mas’ul shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99 moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborildi.

6. Elektron onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi №YU 074-020056, №YU 074-020226, №YU 074-019744 sonli bayonnomalar bilan “FERGANA TEX SERVIS YURIY” MCHJga tegishli yer ajratilgan.

Ushbu obyekt bo‘yicha arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan hamda qurilish-montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020 yil 22 avgustda 18902302, 21797626, 21799339, 21799370-sonli xabarnomalar yuborilgan.

Biroq obyekt o‘rganilganda tashqi to‘siq devorlari mayda blokli g‘isht materialidan ishlatilgan va kolonnalarga biriktirilgan. Loyihada ko‘rsatilgan uzellar qo‘llanilmagan. Umuman noto‘g‘ri armaturadan karkas to‘qilgan. Plitalarda shaxta teshiklari noto‘g‘ri ochib ketilgan. Quyma monolit armaturalari korroziyadan himoyalanmagan holda ochiq qolib ketgan. Loyihada zinapoya devordan ajratilmagan va zina noto‘g‘ri qo‘yib ketilgan.

Inspeksiya tomonidan tegishli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish uchun yozma ko‘rsatma berilgan.

7. Farg‘ona viloyati hokimining 2017-yil 29-maydagi 299-sonli qarori bilan “POYTAXT MAVZESI” MCHJga baholangan miqdordagi kompensatsiya to‘lovlari qoplab berilganidan so‘ng 15500,0 kv.m. yer maydoniga kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ushbu qarorga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan va inspeksiyaga qurilish ishlari boshlanganligi haqida 2020-yil 26-oktabrda 23756384-sonli xabarnoma yuborilgan.

Obyekt murakkablik toifasiga ko‘ra III toifadagi obyektlar qatoriga kirsada, “Farg‘ona arxitek sanoat muhandis tarmoq loyiha” MCHJning “Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya”si obyekt murakkablik toifasiga ko‘ra II toifadagi obyektlar uchun berilgan. Qurilishga loyiha tashkiloti tomonidan tasdiqlanmagan loyiha taqdim etilgan. Loyihada burchak shtammlar to‘ldirilmagan. Bino esa 9 qavatga mo‘ljallab noto‘g‘ri loyihalangan va ushbu loyiha asosida qurilgan. Obyektning tanlangan konstruktiv yechimi 7 qavatgacha ko‘rsatilgan. Loyihada kolonnalarning joylashish koordinatalari ham xato. Orayopma plitalar ustiga vazni og‘ir bo‘lgan parda devorlar o‘rnatilgan. Zina devorlariga qo‘shib ulangan va zina ilinadigan temir beton (balka) qo‘yilmagan. Obyektning mualliflik nazorati to‘liq yurgizilmagan. Qurilish maydonida 3-4 qavatlar qurilgunga qadar bor yo‘g‘i ikki marotaba joyiga chiqib, yozuv qoldirilganligi qayd etilgan. Mualliflik nazorati jurnalida qayd etilgan kamchiliklar nazoratga olinmagan.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra tegishli loyiha tashkilotini litsenziyasini bekor qilish uchun Qurilish vazirligiga taqdimnoma kiritilgan, mas’ul shaxsga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99 moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

8. Marg‘ilon shahar hokimining 2017-yil 18-dekabrdagi 1018-sonli qaroriga asosan “UNIVERSAL OASIS TRADE” MCHJga ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan va qurilish-montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 29-oktabrda hududiy inpeksiyaga 23885941-sonli xabarnoma yuborgan.

Ammo o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra obyektni instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazish yuzasidan hamda tegishli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

9. Marg‘ilon shahar hokimining 2020-yil 3-dekabrdagi 535-sonli qaroriga asosan “Marg‘ilon ixtisoslashtirilgan ta’mir qurilish” MCHJga 2 ta 9 qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan. Ushbu ruxsatnomaga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan va qurilish montaj ishlari boshlaganligi haqida 2021-yil 10-fevraldagi 27575205-sonli xabarnoma yuborilgan.

Ammo qurilish montaj ishlarida bir qator kamchiliklar aniqlanganligi sababli 2021-yil 15-fevral kuni buyurtmachi, pudratchi va loyihachiga 4938-sonli bajarilishi majburiy yozma ko‘rsatma berilgan va bu holat hududiy inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

10. Toshloq tumani xokimining 2020-yil 4-maydagi 555-sonli qaroriga asosan “IMKON FARG‘ONA QURILISH” MCHJga 5 qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan va hududiy inspeksiyaga qurilish montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 29-iyundagi 20177292-sonli xabarnoma yuborilgan.

Obyektda o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra esa tashkilotning mas’ul shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99 moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

11. “QAHRAMONJON BULDINGS” MCHJga 5 qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan. Ushbu qarorga asosan tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan hamda qurilish-montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 9-sentabrdagi 22280804-sonli xabarnoma yuborgan.

Obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda bir qator kamchiliklar aniqlangan va tekshiruv natijasiga ko‘ra mas’ul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

12. Quva tumani hokimining 2020-yil 17-apreldagi 569-sonli qaroriga asosan “AL-AVVAL AL-OHIR” MCHJga 5 qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan va tegishli tartibda arxitektura shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan hamda qurilish montaj ishlari boshlaganligi haqida 2020-yil 24-iyuldagi 21040660-sonli xabarnoma yuborgan.

Obyekt o‘rganilganda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

Qurilish maydonida zinalar noto‘g‘ri o‘rnatilgan va qalinligi loyiha asosida emas. Loyihada berilmagan 250 mm g‘isht devor terib qo‘yilgan. KMK 2.01.03-96 p.3.1.11a band bo‘yicha armaturalar tashlab ketilmagan. Qurilish maydonida kolonna uchun ishlatilishi kerak bo‘lgan 16 AIII armatura o‘rniga 14AIII armatura qo‘llanilgan. Qurilish maydonida kolonna xomutlarida diametri 8mm li armatura o‘rniga 6 mm diametrli armatura qo‘yib ketilgan. Qurilish maydonida setkalar xona balandligi bo‘yicha faqat 1 qatorda qo‘yilgan. G‘isht terish ishlarida ayrim joylarda vertikal choklar sement qorishmalar bilan yetarli darajada to‘ldirilmagan.

Qisqa muddatli tekshiruv natijasiga ko‘ra obyektni instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazish yuzasidan hamda tegishli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul shaxsga ko‘rsatma berilgan.

 

Qurilish vazirligi

Matbuot xizmati