• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Farmon va ijro

May 26, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan barcha hududlarda ishlar qizg‘in yo‘lga qo‘yilgan.

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Adilov Namangan viloyatida bo‘lib, bu boradagi ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Namangan tumani markazidagi “Katta Toshbuloq” mahallasi hududida namunaviy loyiha asosida 9 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Bu yerda tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari, pudratchi tashkilot vakillari bilan birgalikda bajarilayotgan ishlar tahlil etildi, sifatga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi va mavjud muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi.

D.Adilov shuningdek, To‘raqo‘rg‘on, Norin, Chortoq hamda Pop tumanlaridagi ob’ektlarni ham ko‘zdan kechirdi.