• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

"Farovon" mahallasi hududida yangi uylar qurilishi boshlandi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Farovon” mahallasi hududida yangi uylar qurilishi boshlandi
Yanvar 7, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani “Farovon” mahallasi hududida buyurtmachi tashkilotlar tomonidan 6 ta, tadbirkorlar tomonidan 4 ta, har birining qiymati 5,5 mlrd. soʻm boʻlgan jami 10 ta koʻp qavatli turar joylarni qurish rejalashtirilgan.

✔️ Shu bois kuni kecha tender savdolarida gʻolib boʻlgan “Amudaryo maxsus qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan rejalashtirilgan 4 ta 5 qavatli jami 140 xonadondan iborat uy-joylarning tamal toshini qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mas’ullar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Qurilish ishlari shu kunning o‘zida boshlab yuborildi.