Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda qurilish ko‘lami ortdi va bu jarayonda ko‘plab savollar ham paydo bo‘lyapti. Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Adilov shaxsiy qabul tashkil qilib bir guruh yurtdoshlarimizning murojaatlarini tingladi. Ko‘tarilayotgan masalalar qurilishning turli yo‘nalish va bosqichlariga taalluqli bo‘lgani uchun ularning yechimiga qaratilgan ko‘rsatmalar berildi.
Yillar kesimiga nazar soladigan bo‘lsak, Qurilish vazirligiga 2019 yilda jami 1 095 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 2 105 tani tashkil qildi. Shundan shaxsiy va sayyor qabullar 165 tani, yozma murojaatlar 341 tani hamda elektron murojaatlar 1 599 tani tashkil etgan.