✅ Huquqiy axborot kanalining ma’lum qilishicha, hukumat qarori (46-son, 01.02.2021 y.) bilan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish bo‘yicha 2021–2022 yillarga mo‘ljallangan manzilli dastur tasdiqlandi.
➡️Manzilli dasturga ko‘ra, belgilangan yillarda respublika bo‘yicha jami 2 951 ta (shundan, 2021 yilda 1 881 ta, 2022 yilda 1 070 ta) majmua (loyiha)lar qurilishi nazarda tutilgan.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualarida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmalari joylashtiriladi.