G‘URUMSAROYDA YANGI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI QURILDI

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > G‘URUMSAROYDA YANGI MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI QURILDI
Yanvar 21, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Namangan viloyati Pop tumani G‘urumsaroy qishlog‘ining “Yangichek” mahallasida 10-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Investitsiya dasturi asosida 3,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan bog‘chaga hududdagi 120 nafar bola qamrab olindi. Pop tumanida 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrovi 2017-yilda 29,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich 81,9 foizga yetkazildi. Bugungi kunda tumanda 17906 nafar 3-7 yoshli bolalar mavjud bo‘lsa, ularning 14673 nafari maktabgacha taʼlimga qamrab olingan.

So‘nggi to‘rt yilda tumanda 7 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2 ta nodavlat va 1 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 230 ta oilaviy nodavlat maktabgacha tashkilotlari tashkil etildi.