• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Gender tenglik bo'yicha seminar

Sen 16, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar gender-tenglik Yangiliklar gender-tenglik

⚡️Bugun Qurilish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida xotin-qizlar, erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi bilan hamkorlikda videokonferensiya tarzida seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Senat qoʻmita raisi Malika Qodirxonova, Qurilish vazirining oʻrinbosari Nasrullo Boboyev, boshqarma boshliqlari va hududiy tuzilmalar masʼul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berildi.
Gender tenglikka erishish strategiyasi asosan uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, qator ustuvor yoʻnalishlarda amalga oshirilishi qayd etildi.