• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Xalqaro hamkorlik

Apr 22, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Bugun Qurilish vaziri Botir Zokirov Koreya-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi (KUBA) raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida koreyalik hamkorlar Qo‘qon shahrida Janubiy Koreya standartlariga muvofiq quriladigan zamonaviy “Kokand Hanshin Park City” zamonaviy turar-joy majmuasi loyihasini taqdim etdilar. Qurilish ishlari joriy yilning sentabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga tomonlar “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ, “Toshuyjoyliti” AJ va “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ negizida O‘zbekistonda “Hanshin Engineering & Construction Co Ltd” kompaniyasi bilan qo‘shma loyihalashtirish institutini tashkil etish masalasini ham muhokama qildilar.