• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Xalqaro hamkorlik

Apr 23, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

MDHga a’zo davlatlarning qurilish faoliyatida hamkorlik qilish bo‘yicha hukumatlararo kengashining 41-yig‘ilishi ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Unga Rossiya Federatsiyasi Qurilish vaziri Irek Fayzullin raislik qildi. O‘zbekiston tomonidan Qurilish vazirining o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov hamda vazirlikning tegishli bo‘lim boshliqlari qatnashdi.

Uchrashuv davomida:

  • Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 2021 yil Arxitektura va shaharsozlik yiliga bag‘ishlangan tadbirlar rejasi;
  • Kapital qurilish obyekti “Hayot sikli”ning barcha bosqichlarida axborot modellashtirish texnologiyasini amalga oshirish xususiyatlari;
  • MDH davlatlarida davlat shaharsozlik siyosatini amalga oshirish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha har bir MDHga a’zo davlatlarda qurilish sohasida bir qator seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek, qurilish faoliyatida hamkorlik qilish bo‘yicha hukumatlararo kengashning 42-yig‘ilishini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 42-yig‘ilish kuzda Ozarbayjon tomoni raisligida o‘tkaziladi.