• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Xalqaro hamkorlik

Iyun 1, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Joriy yilning 25-28 may kunlari Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Adilov rahbarligidagi Ishchi guruh Moskva shahrida bo‘ldi va u yerda Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududidagi “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Obyektning bosh pudrat tashkiloti “Injstroyproyekt” MCHJ (Rossiya) va Moskva shahrining Madaniy meros departamenti mutasaddi rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi hamda obyektni joriy yilning 1 sentabrga qadar to‘liq foydalanishga topshirish bo‘yicha zarur tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek, obyekt foydalanishga qabul qilingandan so‘ng Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tizimida tashkil etilgan maxsus direksiya tomonidan obyektdan kelgusida samarali foydalanish choralari ko‘riladi.