Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov hamda vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirokida Jahon banki ekspertlari bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
Unda Jahon bankining “Biznes yuritish 2022” hisobotida “Qurilishga ruxsat berish” indikatori bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilgan so‘nggi islohotlar va Qurilish sohasida ishlab chiqilgan qonun hujjatlari hamda ularni takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, “Qurilishga ruxsat berish” indikatori bo‘yicha O‘zbekiston reytingini yuqori o‘rinlarga ko‘tarishda hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.